O‘zbekiston kardiologlarining ilmiy-amaliy anjumani boshlandi. Tadbirda 1000 nafarga yaqin soha mutaxassislari ishtirok etmoqda

Ular orasida AQSH, Germaniya, Shveysariya, Daniya, Belgiya, Polsha, Misr, Rossiya, Belarus, Ukraina, Hindiston, Qozog‘iston va Tojikiston davlatlarining 80 ga yaqin yetuk kardiolog olimlari ham bor


Ikki kunga mo‘ljallangan tadbir kun tartibidan yurak-qon tomir kasalliklarining birlamchi profilaktikasi, zamonaviy diagnostika va davolash usullari, yuqori texnologik amaliyotlar hamda tibbiy reabilitatsiya masalalariga bag‘ishlangan 216 ta ilmiy ma’ruza joy olgan.
23-10-2023, 10:13
Ko'rishlar: 63
Sahifani chop etish