Barcha yangiliklar RSS

O`zbekiston Respuplikasi Qonunlari

Mehnat shartnomasi bekor qilish chog’ida mehnat ta’tili berish

            

O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 234-moddasiga asosan, Jamoa shartnomasida, boshqa ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida yoki xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish chog‘ida (bundan mehnat shartnomasi xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) uchun bekor qilingan hollar mustasno) foydalanilmagan har yilgi mehnat ta’tillarini keyinchalik mehnatga oid munosabatlarni tugatgan holda xodimning yozma arizasi asosida berish nazarda tutilishi mumkin.


O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 234-moddasiga asosan, Jamoa shartnomasida, boshqa ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida yoki xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish chog‘ida (bundan mehnat shartnomasi xodimning aybli harakatlari (harakatsizligi) uchun bekor qilingan hollar mustasno) foydalanilmagan har yilgi mehnat ta’tillarini keyinchalik mehnatga oid munosabatlarni tugatgan holda xodimning yozma arizasi asosida berish nazarda tutilishi mumkin. Mehnat shartnomasini uning muddati tugashi munosabati bilan bekor qilish chog‘ida keyinchalik mehnat shartnomasini bekor qilgan holdagi ta’til har yilgi mehnat ta’tilining vaqti ushbu shartnoma muddatining chegarasidan to‘liq yoki qisman chiqib ketganda ham berilishi mumkin. Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda har yilgi mehnat ta’tilining oxirgi kuni mehnat shartnomasi bekor qilinadigan kun deb hisoblanadi. Xodimning tashabbusiga ko‘ra keyinchalik mehnat shartnomasini bekor qilgan holda har yilgi mehnat ta’tilini berish chog‘ida ushbu xodim mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi arizasini o‘zining mehnat ta’tili boshlanadigan kunga qadar chaqirib olish huquqiga ega. Hazorasp tuman adliya bo’limi yuridik xizmat  ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti  Matnazarova Salima Safarboy qizi

Mehnat shartnomasini uning muddati tugashi munosabati bilan bekor qilish chog‘ida keyinchalik mehnat shartnomasini bekor qilgan holdagi ta’til har yilgi mehnat ta’tilining vaqti ushbu shartnoma muddatining chegarasidan to‘liq yoki qisman chiqib ketganda ham berilishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda har yilgi mehnat ta’tilining oxirgi kuni mehnat shartnomasi bekor qilinadigan kun deb hisoblanadi.

Xodimning tashabbusiga ko‘ra keyinchalik mehnat shartnomasini bekor qilgan holda har yilgi mehnat ta’tilini berish chog‘ida ushbu xodim mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi arizasini o‘zining mehnat ta’tili boshlanadigan kunga qadar chaqirib olish huquqiga ega.

Hazorasp tuman adliya bo’limi yuridik xizmat 

ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti 

Matnazarova Salima Safarboy qizi


13-01-2024, 10:59
Ko'rishlar: 126
Sahifani chop etish