Bilasizmi !

Sudning farzandlikka olish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab o‘n kun ichida FHDY organi farzandlikka olingan bolaning tug‘ilishi qayd etilgan dalolatnoma yozuviga zarur o‘zgartirishlar kiritishi lozim.
54. Farzandlikka olishni rasmiylashtirish uchun FHDY organiga sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaroridan ko‘chirma, farzandlikka olinuvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi, shuningdek farzandlikka oluvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari taqdim etiladi. Farzandlikka oluvchilar ikki yoki undan ko‘p bolani bir vaqtda farzandlikka olgan hollarda har bir bola uchun alohida sudning hal qiluv qarori taqdim etilishi, agar ushbu masalada sud tomonidan bitta hal qiluv qarori qabul qilingan bo‘lsa, mazkur hal qiluv qarorining nusxalari farzandlikka olinayotgan bolalarning soniga mutanosib miqdorda taqdim etilishi hamda har bir qarorga alohida kirim va ijro haqida belgi qo‘yilishi lozim.
Bunda, farzandlikka olishni rasmiylashtirish uchun farzandlikka oluvchilardan biri yoki ularning qonuniy vakili FHDY organiga murojaat qilishi mumkin.
Hazorasp tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi